O`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining avtomobil transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash ixtisosligi bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda avtomobillarning elektr jihozlarini ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish masalalariga bag`ishlangan. Kitobda avtomobillarning elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlashning asosiy tamoyillari, elektr jihozlariga taalluqli asbob va agregatlardagi nosozliklarni aniqlash uslublari, ularni ta’mirlash tartiblari keng yoritilgan. Nosozliklarni aniqlash va diagnostika qilishda ishlatiladigan qurilma va asboblar tuzilishi hamda ishlatilishiga alohida e’tibor berilgan.