Ta`limning birinchi yilidan boshlab bolalar bilan darsda musiqiy faoliyatlarni amalga oshirish bajariladi. Shu bois, ularning darsda amalga oshiriladigan musiqiy faoliyatlar, ya`ni, musiqa tinglash, musiqa savodi, qo`shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, cholg`u sozlari bilan tanishish, ijodkorlar faoliyati bilan tanishish kabilar bo`yicha alohida tasavvurlari bo`lishiga erishish zarur.