Ushbu uslubiy qo`llanma fizikaviy kimyo kursining o`quv dasturi asosida tayyorlangan bo`lib, universitetlarning kimyo yo`nalishi 2-kurs bakalavriat talabalari uchun mo`ljallangan. Qo`llanmada fizikaviy kimyo fanining bazaviy tushunchalari, uning boshqa fanlar bilan uzviy bog`liqligi muxokama qilingan hamda kimyoviy termodinamika bobi bo`yicha seminar mashg`ulotlari bayon etilgan.