Darslik, asosan, sog`liqni saqlash tasarrufidagi tibbiyot kollejlarining tibbiy profilaktika ishi yo`nalishi feldsher-laborant va tibbiy profilaktika
ishi feldsheri ixtisosliklarining mikrobiologiya fanidan hozirgi kunda tez-tez uchrab turadigan yuqumli kasalliklarga aniq tashxis qo`yish
maqsadida tayyorlandi. Darslikda yuqumli kasalliklarga sababchi bo`lgan mikroorganizmlarning barcha xossalari, ularning tashxis usullari yoritilgan.