Mazkur o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining «Jismoniy tarbiya va bolalar sporti bo`yicha murabbiy» yo`nalishida tahsil olayotgan o`quvchilarga mo`ljallangan bo`lib, unda sport mashg`ulotining dastlabki tushunchalari, sport tayyorgarligining asosiy tomonlari, sport mashg`ulotining vositalari va metodlari, mashg`ulot shakllari, sport mashg`ulotining tamoyillari, xususiyatlari, sport mashg`ulotining ko`p yillik jarayon ekanligi va uning tizilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.