Qo`llanmada yig`ish chizmalarini o`qish va detallashtirishga oid topshiriqlarni bajarish hamda nazorat savollariga javob tayyorlash jarayonida konstruktorlik hujjatlari va ularni to`ldirish, chizma chizish nazariy asoslari, aksonometrik proyeksiyalar, buyumning tasviri, rezbali detallar va ularning birikmalari, detallar eskizini va ish chizmasini tuzish kabi ma’lumotlar yoritilgan. Qo`llanma kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lsa-da, undan oliy o`quv yurtlari talabalari va ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.