Soch turmaklash san’ati» fanidan ushbu qo`llanmada soch turmagi badiiy jarayoni alohida san’at turi sifatida ko`rib chiqiladi. Soch turmagini modellashtirish va uning badiiy bezagi hamda kompozitsiyasini yaratish, shuningdek, shaklini hosil qilish ishlari nazariy jihatdan ko`zdan kechirilib, amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan. Ushbu qo`llanma muallif tomonidan yozilgan «Grim» qo`llanmasining bevosita davomi hisoblanadi, sababi badiiy soch turmagi ham grim kabi badiiy obraz yaratishga xizmat qiladi. Ushbu kitob barcha san’at sohasi bilan qiziquvchilar, amaliyotchi sartarosh-stilistlar uchun mo`ljallangan.