Inson dunyoga kelibdiki, fikrlash, muloqot qilish, o`zida tug`ilgan qandaydir yangi fikr va mulohaza yoki kashfiyotlar paydo bo`lsa, uni boshqalarga tezda yetkazish va kelasi avlodga qoldirish niyatida bo`ladi. Ibtidoiy davrda insonlar birinchi bo`lib juda oddiy, sodda bo`lgan ma’lumotlarni har xil tasviriy shakllarni qoya toshlarga chizish orqali, o`zida bor barcha ma’lumotni tasvirlash bilan chizib qoldirishgan.