Ushbu darslikda Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga moslangan qishloq xo`jaligi mashinalarining asosiy turlari, jumladan, yerni ekin ekishga tayyorlash mashinalari, g`alla kombayni, kartoshka kavlash, paxta terish, don tozalash va boshqa mashinalarining umumiy tuzilishi, sozlanishi hamda texnologik jarayoni asoslari bayon qilingan. Shu bilan birga, amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish yuzasidan tavsiyalar hamda o`quvchilarning har bir bob yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish uchun namunaviy test topshiriqlari havola qilingan.