Darslikning nazariy qismida uchastka hamda oila tibbiyot hamshiralarining funksional vazifalari, bolalarning anatomofiziologik xususiyatlari, tekshirish usullari, bolalarni ovqatlantirish, bolalarda uchraydigan somatik va yuqumli kasalliklar haqida ma’lumot berilgan. Darslikning amaliy qismida esa, bolalarni tekshirish, davolash va parvarish qilish jarayonida bajariladigan amaliy ko`nikmalar va shoshilinch holatlarda bolalarga yordam ko`rsatish chora-tadbirlari yoritilgan.