Ushbu o`quv qo`llanmada paxtachilikning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, rivojlanish tarixi, kelib chiqishi, g`o`za o`simligining biologiyasi va morfologiyasi, agrotexnikasi, paxtachilikda erishilgan fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga keng qo`llash masalalari qisqacha yoritilgan. O`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlari î`quvchilariga mo`ljallangan bo`lib, undan shu soha mutaxassislari, oliy o`quv yurtlarining paxtachilik bo`yicha bilim oladigan talabalari ham foydalanishlari mumkin.