Ushbu o`quv qo`llanmada ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, sanitariya va gigiyena, mikrobiologiya fanlaridan kasb-hunar kollejlarining o`quv dasturi bo`yicha rejalashtirilgan asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur o`quv qo`llanmada o`quvchi yoshlarga inson sog`lom hayot kechirishi uchun ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish rejimini to`g`ri tashkil qilishi, oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlardan zaharlanmaslik uchun amal qilish kerak bo`lgan sanitariya-gigiyena qoidalari haqidagi bilimlar yoritilgan bo`lib, undan oilashunoslik darslarida ham foydalanish mumkin.