Maskur o`quv qo`llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi, ”Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fani o`quv dasturi asosida tuzilgan. Ushbu o`quv qo`llanmada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga oid masalalar ochib berilgan bo`lib, bunda jismoniy tarbiyaning tashkil etish shakllari, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari, harakatli o`yinlar, sport o`yinlari va chiniqtirish masalalari keng yoritilgan.