O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi bo`yicha tayyorlangan ushbu darslik o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari asosida yaratilgan bo`lib, unda «Konstitutsiyaviy huquq» fanining asosiy mavzulari yoritilgan. Darslik mavzularida mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruv, sud-huquq sohasida o`tkazilayotgan islohotlar, ularning natijalari, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar, demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi o`z ifodasini topgan.