O`zbekistonning to`qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan ko`p asrlik tarixga ega: paxta tolasi, ipak, terichilik, kaolin kabilar mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Buyuk ipak yo`lining O`zbekiston orqali o`tishi, bu yerda ishlangan paxta va ipakli matolar hunarmandchiligi, o`ziga xos xushbichim milliy ust-bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan
sopol idishlar dunyoning ko`plab davlatlariga mashhur bo`lgan.