Gistologiya (yunon. histos – to`qima, logos – ta’limot) fani hujayra, to`qima va a’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatini o`rgatuvchi ta’limot. Gistologiya anatomiya, fiziologiya, biologik kimyo, patologik anatomiya kabi tibbiyot fanlari va biologiyaning turli sohalari bilan uzviy bog`langan. Hozirgi vaqtda gistologiyaning sitologiya, embriologiya, umumiy va xususiy bo`limlari mavjud.