Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O`zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, ekologik fan, ta’lim, tarbiya va madaniyatga juda katta e’tibor berildi. Zero, sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida birinchi bo`lib qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128 ta moddasidan 5 tasi
(50, 54, 55, 93, 100) bevosita, qolgan 123 tasi va muqaddimasi bilvosita tarzda ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratildi.