O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng jamiyat taraqqiyotining barcha o`g`inlarida — siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub o`zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to`plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o`zbek modeli deb tan olingan o`zimizga xos va o`zimizga mos bo`lgan taraqqiyot yo`li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo`lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o`zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va
ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko`rsatmoqda.