Ushbu o`quv qo`lanma kasb-hunar kollejlari o`quvchilariga mo`ljallangan. O`quv qo`lanmada tasviriy san’atning asoslaridan biri bo`lmish plastik anatomiya haqida ma’lumot berilgan. Xususan, plastik anatomiyaning vujudga kelish tarixi, odam tayanch organlari sistemasi, suyak va bo`g`imlarning birlashuvi, muskullar sistemasi, yuzning ayrim bo`laklari, tana qismlarining sathi va nisbatlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, o`quv qo`llanmada skeletning biriktiruvchi roli, uning qismlarining fazoda
harakatlanishi, muskul massivlari harakatida gavdaning turli qismlaridagi o`zgarishlari va uning plastikasiga anatomik elementlarning ta’siri keltirilgan. Kitobdan «Tasviriy san’at» bakalavr yo`nalishi talabalari hamda shu sohaga aloqador bo`lgan barcha mutaxassislar foydalanishi mumkin.