Ushbu o `quv qo`llanmada hayvonlar organizmida kasallik kelib chiqish sabablari va nazariyalari, rivojlanish mexanizmi, organizmning reaktivligi haqidagi tushunchalar keltirilgan. Shuningdek, organizmdagi umumiy tipik patologik jarayonlar, ya’ni mahalliy va umumiy o`lim, gipo va giperbiotik jarayonlar, qon va limfa aylanishining buzilishi, yallig`lanish hamda issiqlik almashinuvining buzilishidagi patologoanatomik o`zgarishlar yoritilgan.