Ushbu o`quv qo`llanmada qishloq xo`jaligi ekinlarining asosiy zararkunandalariga qarshi biologik va mikrobiologik vositalardan foydalanish, yetishtirilayotgan hosilni zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik, begona o`tlar)dan himoya qilishning ilg`or usullari bayon etilgan. Shuningdek, qo`llanmada zararli hasharotlarning tabiiy tekinxo`rlari va ularning biologik xususiyatlari hamda laboratoriya sharoitida ko`paytirish masalalari yoritilgan.