O`quv qo`llanmada metallarni gaz bilan payvandlash, gaz alangasida
metallarga ishlov berishning rivojlanish tarixi, gaz alangasida
materiallarga ishlov berishda qo`llaniladigan turli xil payvandlash
usullari, yig`ish va payvandlash qurilmalari, jihozlari hamda payvand
birikmalarining sifat nazorati usullari yoritilgan. Shuningdek, metall
va qotishmalarni kesish usullari, gaz alangasi yordamida payvandlash
va kesishni me’yorlash, xavfsiz ishlash yo`llari bayon qilingan.