Mazkur o`quv qo`llanma Markaziy Osiyoda keyingi yillarda ayniqsa davlat mustaqilligiga erishgan davlatlarda yuz bergan ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlar inobatga olinib, eng yangi statistik ma’lumotlardan foydalangan holda tayyorlandi.
Qo`llanmada bundan tashqari bozor munosabatlariga o`tish bilan bevosita va bilvosita aloqador bo`lgan fan metodologiyasi, uning nazariy va amaliy jihatlarida, jumladan iqtisodiy munosabatlar va mulkchilik shakllarida yuz bergan tub o`zgarishlar ham o`z ifodasini topdi.
Qo`llanma turli xil maqomga ega barcha oliy o`quv yurtlari talabalari, magistrantlari, tadqiqotchilari, professor–o`qituvchilariga foydalanish uchun tavsiya qilinadi.