Xalqning farovonligi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri sifatida O’zbekistonda 2013-yilni “Obod turmush yili” deb nomlanishi va bu borada amalga oshirilishi ko’zda tutilgan ko’plab ijobiy ishlarning belgilab olinishi bo’ldi. Yurtboshimizning ta’biri bilan aytganda, obod hayot degan tushuncha azal-azaldan xalqimizning ongu tafakkurida avvalambor farovonlik, to’kinchilik, mo’l-ko’lchilik, qut-baraka, bozorlarda arzonchilik ma’nosini o’zida mujassam etib keladi. Shuning uchun ham bugungi kunda xalq farovonligi tushunchasi Vatan ravnaqi va yurt tinchligi degan, biz uchun eng aziz va muqaddas bo’lgan qadriyatlar bilan birgalikda milliy g`oyamizning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etmoqda .