Ushbu o`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasdiqlagan dastur asosida ilk bor tayyorlangan bo`lib, u kasb-hunar kollejlarida metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish hamda metrologiya va standartlashtirish yo`nalishlari bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan.