O`quv qo`llanmada radiolokatsiya asoslari, radiolokatsiyaning rivojlanishi, radiolokatsion stansiyaning qismlari va radiometeorologiya predmetini tashkil etuvchi asboblarning sistematik tavsifi, bulutlar turini aniqlash, bulut va u bilan bog`liq bo`lgan hodisalarni kuzatish, radiolokatsion meteorologik axborotlarni to`plash va tarqatish tizimi, shuningdek, RADOB kodi bo`yicha telegrammalarni tuzish usullari bayon etilgan. Bunda asosiy e’tibor atmosferani kuzatishning zamonaviy tizimini bayon etishga qaratilgan.