Kitob insoniyat tomonidan yaratilgan kashfiyotlar ichida eng buyugidir. Shuning uchun ham kitob barcha zamonlarda insonlarning eng yaqin ko`makchisi bo`lib kelgan. Endilikda fan va texnika, texnologiyalar yuksak darajada rivojlanib borayotganligi bois bilim olish, ilm cho`qqilarini zabt etish, shuningdek, bugungi kunda axborot olishning zamonaviy vositalari yaratilayotgan bo`lsa- da, kitobga bo`lgan ehtiyoj saqlanib qolmoqda.