O`quv qo`llanma uchta bo`limdan iborat bo`lib, birinchi __ statika bo`limida qattiq jism statikasi, statikaning asosiy aksiomalari; kesishuvchi kuchlar, momentlar, juft kuchlar nazariyalari; og`rlik markazi kabi mavzular yoritilgan.
Kitobning ikkinchi bo`limi kinematikaga oid mavzularni qamrab olgan. Unda jumladan: moddiy nuqta kinematikasi, qattiq jismning harakatlari, moddiy nuqtaning murakkab harakati kabi mavzular bayon etilgan.
O`quv qo`llanmaning uchinchi __ dinamika bo`limining o`zi ettita bobdan iborat bo`lib, unda dinamikaning asosiy tushunchalari, moddiy sistema va nuqta dinamikasining umumiy teoremalari, Dalamber prinsipi, dinamikaning umumiy tenglamalari kabi qator mavzular o`z aksini topgan.