Adabiyot so`z  san’atidir.  U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish  va  ohanglarni  ilg`ashga,  ularni  so`z  vositasida  aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog`onalarga chiqa oladigan  badiiy adabiyot  namunalari  insoniyatni  to`lqinlantiradigan,  hayajonga  soladigan  o`y-fikrlar,  kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi.