Ushbu o`quv qo`llanmada fanning predmeti va vazifalari va xalq xo`jaligida ishlab chiqarishning o`rni va ahamiyati, boshqarish va rejalashtirishning ilmiy asoslari, fan texnika taraqqiyoti, xodimlar va mehnatga haq to`lash, asosiy fondlar va aylanma vositalar, mahsulot sifati va raqobatbardoshlik, tannarx hamda foyda va rentabellik kabi masalalar keng o`rin olgan. O`quv qo`llanma o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarining iqtisodiyot sohasi bo`yicha ta’lim olayotgan talabalari uchun mo`ljallangan.