O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan kasb-hunar kollejlari o`quv dasturi asosida yaratilgan mazkur qo`llanma kasb-hunar
kolejlarining ingliz tilidan ma’lum darajada bilimga ega bo`lgan o`quvchilariga mo`jallangan. 90 soatlik auditoriya mashg`ulotida o`tilishi lozim bo`lgan mazkur qo`llanmaning har bir darsi fonetika —o`qish qoidalari, grammatik izoh, yangi so`zlar, so`z birikmalari, umumta’lim, davlatchilik, iqtisodiy hayotga oid matnlar, dialoglar, o`tilgan materiallarni mustahkamlash uchun mashqlarni o`z ichiga oladi.