Ushbu o`quv qo`llanmada naqqoshlik fanining maqsad va vazifalari, naqsh, ularni kelib chiqish tarixi, ustoz va shogird an’analari, O`zbekistonda naqqoshlik maktabi va uning namoyondalari, naqshlarning o`ziga xos xususiyatlari, naqshlarni ramziylik alifbosi va ularni amaliy san’at turlarida va me’moriy bezaklarda ifodalanishi, dunyo naqshlari va ularning o`ziga xos tomonlari, rangli oq va qora foto suratlar, test savollari, o`quvchilarning ishlaridan namunalar berilgan. Mazkur o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining naqqoshlik fani dasturi asosida yozilgan bo`lib, kollejlarda tahsil olayotgan o`quvchilarga mo`ljallangan.