Mazkur o`quv qo`llanmada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqa savodi, metodikasi va ritmikaning asosiy masalalari yoritilgan. Bolalarning musiqaviy-iqtisodiy ko`nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyati turli usul va uslublar orqali ochib berilgan. Ushbu qo`llanmada ommaviy mashg`ulotlarning rejasi, ularning o`tkazilish tartibi, nazariy bilimlar bayoni, iqtisodiy topshiriqlar, notalari hamda foydalanish uchun qo`shimcha materiallar ham berilgan.
Namunaviy dastur asosida tuzilgan ushbu qo`llanmadan pedagogika oliy o`quv yurtlari hamda kollejlarning o`qituvchilari va talabalari keng foydalanishlari mumkin.