“Jozibali pardoz va grim” qo`llanmasi Davlat Ta’lim Standarti talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlandi. Mazkur o`quv qo`llanma 4 bo`limdan iborat bo`lib, har bo`limda
tayanch iboralar, nazorat savollari, laboratoriya ishlari va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati berilgan. Qo`llanmada makiyaj texnologiya va texnikasi, sahnaviy grimning asoslari, gigiyenik va profilaktik parvarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. O`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining o`qituvchilari va o`quvchilari
uchun mo`ljallangan.