Mazkur o`quv qo`llanma tabiatning buyuk ne’mati bo`lgan suv kimyosini yoritishga bag`ishlanadi. Gidrokimyo kursining asosiy vazifasi bo`lajak yosh mutaxassislarni suv xillari, fizik-kimyoviy xossalari, anomaliyasi, inson, jonivor va o`simliklar hayotidagi beqiyos roli bilan tanishtirishdir. Amaliy gidrokimyoga oid suvlarni ifloslantirishning oldini olish usullari, oqava suvlarni tozalash, texnik suvlardan qayta foydalanish, suv resurslari va kimyoviy texnologiya muammolari yoritilgan.
Suv va suvdan foydalanish haqidagi Qonun alohida bo`limda sharxlanadi.