Mazkur o`quv qo`llanmada tovar-mahsulot bozorlarida
bahoning amal qilishi, baholarni shakllantirishda davlat siyosati,
ichki va tashqi bozorlarda real amal qiladigan baho tizimi, baho
turlari, bozor va iqtisodiyotda baho mexanizmidan foydalanish
masalalari yoritilgan. Baho va bahoning shakllanish nazariyasini
o`rganish talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi va kelajakda
olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishlariga yordam beradi.