Badiiy ganch o`ymakorligi mutaxassisligi uchun “Ashyolarga badiiy ishlov berish” fani bo`yicha o`quv qo`llanmasida ganch o`ymakorligining ahamiyati, ustoz va shogird odobi, ganch o`ymakorligida ishlatiladigan asbob-uskunalar, pardoz turlari, yuzalarni tayyorlash, turli naqshlarni o`yish va pardozlash haqida ma’lumotlar berilgan bo`lib, asosiy e’tiborni o`quvchilarning o`z kasblariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan. Ushbu o`quv qo`llanma o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun mo`ljallangan.