Ushbu o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining “Foydali qazilmalar
geologiyasi va qidiruv ishlari” ta’lim yo`nalishining “Tog`-kon qidiruv ishlari”
mutaxassisligi o`quv rejasidagi “Hajmiy va kuchlanish qurilmalarini ishlatish”
maxsus fani bo`yicha ishlab chiqilgan namunaviy o`quv dasturi asosida
yozilgan.
O`quv qo`llanmada hajmiy va kuchlanish qurilmalari turlari, ishlatish
sohalari yoritilgan bo`lib, unda mazkur fanni o`qitishning ilg`or xorijiy tajribalaridan
unumli foydalanildi. Mazkur o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining
yuqoridagi ta’lim yo`nalishining “Tog`-kon qidiruv ishlari” mutaxassisligi
bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. Shuningdek,
undan kasb-hunar kollejlari boshqa texnik ta’lim yo`nalishlari bo`-
yicha tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishi mumkin.