Elementar zarralar va ualrning xossalariO’z ma’nosiga ko’ra, “elementa” so’zi
“eng soda” ma’nosini anglatadi. Garchi bugungi kungacha ma’lum
zarralarni elementar deb atash uncha to’g’ri bo’lmasa-da, dastlabki
paytlarda kiritilgan bu iboradan hamon foydalaniladi. Umuman
olganda, zarralar endigina kashf qilina boshlaganda materiyaning
eng kichik bo’lakchasi sifatida qabul qilingan va chindan ham
elementar deb hisoblangan. Lekin ularning ba’zilarining
(jumladan, nuklonlarning) murakkab tuzilishiga ega ekanligi
keyinroq ma’lum bo’lib qolgan. Hozirgi paytda 200 dan ortiq
elementar zarralar mavjud. Ularning ko’pchiligi nostabil bo’lib,
asta-sekin yengil zarralarga aylanadi.
Electron. Birinchi kashf qilingan elementar zarra electron
hisoblanadi. Katod nurlarining xossalarini o’rganayotgan
J.Tomson, bu manfiy zaryadlangan zarra elektronlar oqimidan
iborat ekanligini aniqladi. Bu voqea 1897-yil 29-aprelda ro’y
bergan edi va shu sana birinchi elementar zarra kashf qilingan kun
hisoblanadi.