Qo`llanmada shahar va sanoat korxonalariga talab qilinadigan miqdorda hamda bosimda, sifatli suv yetkazib berish, ularni tayyorlash usullari va yo`llari bayon etilgan. Shu bilan birga shahar va sanoat korxonalarida hosil bo`ladigan oqava suvlarning turlari va ularni oqizish, tozalash, tozalash inshootlarida tutilgan chiqindilarga ishlov berish, chiritish va tozalangan oqava suvlarni zararsizlantirib, suv havzalariga oqizish usullari keltirilgan. Qo`llanma kasb-hunar kollejlarining «Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o`rnatish va ta’mirlash» yo`nalishi bo`yicha o`quv reja va dasturlariga muvofiq yaratilgan.