Mazkur o`quv qo`llanmada odam organizmi, uni tashkil etuvchi to`qimalar va hujayralar haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Organizmning anatomik tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni asoslash bilan birga, a’zolarning mikroskopik tuzilishi, shakli va vazifalari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikka alohida e’tibor qaratiladi. Odam organizmining bir butunligi, a’zo va to`qimalarning markaziy nerv tizimi orqali boshqarilishi masalasiga, ayniqsa, bu borada bosh miya (po`stloq)ning faoliyatiga katta e’tibor qaratilgan.