Ushbu darslik O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida yozilgan. Dehqonchilikning sir-u sinoati ko`p. 5eleksiya va urug`chilik esa ana shu «sir»ning kaliti bo`lib, uni kelajakning yetuk mutaxassislari bo`lmish talabalar puxta o`zlashtirishlari lozim.
Mazkur darslikda respublikamizda qishloq xo`jaligi ekinlari seleksiya- urug`chilik ishlarida erishilgan yutuqlar va dehqonchilikni yanada intensivlashtirish borasida seleksiyaning vazifalari yoritilgan. U ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`lim dala ekinlari seleksiyasining asoslari va usullari, seleksiya jarayoni hamda navlarni baholash haqidadir. Ikkinchi bo`lim ekinlar urug`chiligi va uni tashkil etishga bag`ishlangan.
Kitob qishloq xo`jaligi kollejlari o`quvchilariga mo`ljallangan. Undan oliy o`quv yurtlari agronomiya fakulteti bakalavr ta’lim yo`nalishi bo`yicha o`qiydigan talabalar hamda qishloq xo`jaligi mutaxassislari foydalanishlari mumkin.