O`quv qo`llanmada sanoat jihozlarini ta’mirlash paytidagi mehnat gigiyenasi va hayot faoliyati xavfsizligi, detallarga o`lchamli ishlov berish haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.
Shunindek, qo`llanmada chilangarlik ishlov berish texnologiyasida, ta’mirlash ishlab chiqarishlarda qo`llaniladigan metall kesish dastgohlariga va har xil birikmalarni yig`ishga keng o`rin berilgan.
Mashinalarni ta’mirlash texnalogiyasining nazariy asoslari, mashina detallarini qayta tiklash usullari va asosiy sanoat jihozlarini turlari haqidagi tushunchalar, standartlashtirish va mahsulot sifatini nazorat qilish masalalari ko`rib chiqilgan.
O`quv qo`llanma 3520701 — Texnologik mashina va jihozlarni ta’mirlash va xizmat ko`rsatish hamda 3520602 — Mashinasozlik tizimlari va dastgoh jihozlarini montaj qilish, sozlash, texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash yo`nalishlaridagi kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan mashinalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida ishlovchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.