Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika kasb-hunar kollejlari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda sport inshootlari, ularning turlari, ularni qurish va foydalanishga qo`yiladigan talablar haqida zarur nazariy bilimlar va ularni amalda qo`llay bilish malakalarini shakllantirish ko`zda tutilgan. Qo`llanmada sport inshootlari tarixi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ularning jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishdagi ahamiyati yoritilgan.