O`quv qo`llanma fanning maqsadi, vazifalari, asosiy bo`limlari va ularda o`rganiladigan masalalar, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, fanning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi, yong`in xavfsizligi asoslari hamda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalari va usullari yoritilgan. O`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining «Neft va gaz ishi» ta’lim уo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Undan boshqa уo`nalish talabalari, pedagoglar va soha mutaxassislari hamda oliy o`quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.