Ushbu darslik tibbiyot kollejlarining o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, analitik kimyo fanining nazariy asoslari, sifat analizi va miqdoriy analiz bo`limlarini o`z ichiga olgan.
Kitobning nazariy asoslar bo`limida laboratoriya mashg`ulotlari va amaliy ishlarni bajarish uchun zarur bo`lgan nazariy bilimlar; sifat analizi bo`limida kationlar va anionlarning asosiy sifat reaksiyalari, ular aralashmalarining analizi hamda tibbiyotning turli sohalarida tekshirish asoslarini puxta o`zlashtirishdagi ahamiyati, miqdoriy analiz bo`limida esa tibbiyotda farmatsevtik preparatlardagi asosiy dorivor va qo`shimcha moddalarni miqdoriy jihatdan aniqlash usullari va boshqa mavzular
yoritilgan.
Darslik tibbiyot kollejlari o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lsa-da, undan soha mutaxassislari, farmatsevtika institutlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.