«Chizma geometriya» tub mohiyati bilan matematik fan – proyektiv geometriyaning o`ziga xos bir shahobchasi bo`lib, o`zining proyeksiyalash metodiga asoslanganligi va xususiy usullarga ega bo`lganligi bilan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va amaliy ahamiyati jihatidan umummuhandislik fanlari safidan o`rin oldi. Shuning uchun ham chizma geometriya kursi turli yo`nalishdagi mutaxassislar uchun umumnazariy hisoblanadi.