Yuqorida aytib o`tilgan tovushlardan tashqari yana ayrim tovushlar borki, ular muayyan harflarning birikuvidan tashkil topadi. Nemis tilida ikki va undan ortiq undosh harflar birikmasiga a f f r i k a t lar deyiladi: 1. “c” va “h” harflari “ch” (tse –ha) birikmasini tashkil qiladi va bu birikma uch xil o`qiladi. a) “ch” harflar birikmasi a, o, u unlilari, au diftongidan keyin kelsa, o`zbekchadagi “taxta, paxta” so`zlaridagi [x] tovushiga o`xshab o`qiladi va u [x] axlaut nomi bilan yuritiladi: Bach, doch, Buch.