Hayvonlardagi mavjud patologiyalar orasida ichki yuqumsiz kasalliklaridan keyin yetakchi o`rinlardan birini jarrohlik kasalliklar egallaydi (P.Ye. Ignatov, 1995; V.A. Lukyanovskiy, 1995; A.A. Arxipov, A.B. Korobov, 1999; P.M. Vasilyev, 1999; A.N. Valeyeva, 2000; M. Nagata, 2000; Ye.A. Tarasova, 2005; T.T. Bitsiyev, 2012)
Viloyat xo`jaliklaridagi hayvonlarni tekshirish natijalaridan ma’lum bo`ldiki, ayniqsa lalmi, va tog`oldi tumanlarida madaniylashtirilgan va xorijdan keltirilgan hayvonlar asosiy ozuqa sifatida dag`al xashak bilan oziqlantirilganda ular aktinomikoz kasallikka ko`proq chalinishi aniqlanadi.