Hamid Olimjon xalq og`zaki ijodi zaminida voyaga yetdi. Shu sababdan bo`lsa kerak, xalq og`zaki ijodining ta’siri uning she’rlarining faqat vazniga, ohangigagina emas, balki shoirning qariyb barcha asarlarining ruhiga ham singib ketgan, deb ayta olamiz. Shoir xalq og`zaki ijodidan asarlariga sujetlar tanladi, shunga mos holatlarni tanladi, folklor namunalari asosida jozibali obrazlar, xarakterli misralar kashf qila oldi. Adabiy ertak dostonlaridagi syujetlarni real hayot voqealari bilan uyg`unlashtirdi. Shoir ijodining ana shu qirrasini o`rganish ishning dolzarbligini anglatadi.